Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Superkubogi. Dortmundda «Borussiya» «Bavariya»ni qabul qiladi
Dortmundning «Borussiya» jamoasi «Signal Iduna Park» stadionida Germaniya Superkubogi uchun «Bavariya»ga qarshi maydonga chiqadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanishi belgilangan.
Dortmundliklar o‘tgan mavsumda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgandi, «Bavariya» esa Bundesliganing amaldagi chempioni sifatida maydonga tushadi.
Bungacha bu ikki jamoa Germaniya Superkubogi uchun 4 marta bahs olib borgan. Uch marta «Borussiya» futbolchilari g‘alabani nishonlagan, bir safar «Bavariya» futbolchilari ustun kelgan. Jamoalarning Superkubok uchun oxirgi uchrashuvi 2014 yil avgustida ro‘y bergan va unda «Borussiya» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.