Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» APLning yangi mavsumni safardagi ishonchli g‘alaba bilan boshladi
Bornmutda Angliya Premer-ligasining yana bir uchrashuvi yakunlandi. Mezbonlar «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yinning 40-daqiqasida himoyachining qo‘pol xatosidan foydalangan Xuan Mata «MYu»ni olg‘a boshladi.

Tanaffusdan keyin Antoni Marsiyalning pasini qabul qilgan Ueyn Runi o‘zining navbatdagi golini urdi - 2:0.

Marsiyal 64-daqiqada yana bir golli pas uzatdi. Uning pasi Zlatan Ibrahimovichga APLdagi debyutini gol bilan nishonlash imkonini berdi — 3:0.

3 daqiqa o‘tib Adam Smit oradagi farqni qisqartirdi. Ammo «Bornmut» vaziyatni o‘zgartira olmadi.

Shu tariqa Joze Mourino shogirdlari ilk 3 ochkosini olib, hozircha turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi.
Bornmut – Manchester Yunayted 1:3
Gollar: 0:1 – 40 Mata, 0:2 – 59 Runi, 0:3 – 64 Ibragimovich, 1:3 – 69 Smit.
Bornmut – Boruts, Smit, Frensis, Deniels, Kuk, Kuk (Gradel, 81), Serman, Ayb (Afobe, 68), Arter, King, Uilson (Grebben, 67).
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Shou, Bayi, Blind, Mata (Mxitaryan, 75), Fellayni, Errera, Ibragimovich, Marsyal (Shnayderlin, 85), Runi (Depay, 89).
Ogohlantirish: Errera (86).