Sport | 23:07 / 14.08.2016
10046
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik tennischilar Olimpiada chempionlari bo‘ldilar

Foto: © RIA

Rossiyalik tennischilar Yelena Vesnina va Yekaterina Makarova Rioda ayollar o‘rtasidagi juftliklar bahsida oltin medalni qo‘lga kiritdilar.   

Final uchrashuvida rossiyaliklar shveysariyalik Martina Xingis va Timeya Bashinskiga qarshi kurashdilar. Uchrashuv 6:4, 6:4 hisobi bilan yakunlandi.

Tennischilar Rossiya terma jamoasiga 7-oltin medalni keltirdilar. Rossiya terma jamoasi hisobida ayni vaqtda 25 ta medal bo‘lib, undan 7 tasi oltin, 10 tasi kumush va 8 tasi bronza medaldir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish