Jahon | 12:30 / 14.08.2016
8211
1 daqiqa o‘qiladi

Savchenko Ukrainaning Rossiyadagi elchisi bo‘la olmasligini izohladi

Oliy Rada deputati Nadejda Savchenko o‘zi Kiyevning Rossiyadagi elchisi bo‘lishi so‘ralgan petitsiyaga munosabatini bildirib o‘tdi. Bunday murojaat Ukraina prezidenti saytiga joylashtirilgan.

"Men diplomat emasman, menda Rossiyadagi elchi bo‘lish uchun zarur bilimlar yo‘q", deya Savchenkoning so‘zlarini keltirgan «Apostrof».

Jurnalistlar u avval deputat bo‘lmagani, hozirda esa bu ishni uddalayotganiga e'tibor qaratishgan. Savchenko esa deputatlik vazifasini istalgan kishi bajara olishi mumkinligini ta'kidlagan.

"Deputat — saylanadi, elchi esa — TIV xodimi hisoblanadi, u yerda faqat mutaxassilar ishlaydi. Siz jurnalistlar buni farqlashingiz lozim. Men elchi bo‘la olmayman. Deputatlikni esa uddalay olaman. Oshpaz ayol ham deputat bo‘la olishi mumkin, umuman kim istasa. Siz ham", — degan u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish