Jahon | 08:29 / 14.08.2016
14391
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQShga yadroviy hujum bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya hukumati AQShni mamlakatga bostirib kirishga urinishda ayblamoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 
    
"Shimoliy Koreya qurolli kuchlari raqibning harbiy jazavasini bostirish uchun harbiy qarshi turish tartibidan ogohlantiruvchi zarba berish tartibiga o‘tdi. Uning barcha tezkor guruhlari agar raqib kichik ig‘voga ham yo‘l qo‘ysa, unga ayovsiz va qiruvchi zarba berishga to‘liq tayyor", deb aytildi Shimoliy Koreya matbuoti xabarida.   

Shuningdek, nomada AQSh ogohlantiruvchi yadroviy zarbalar berish huquqiga yakkahokim emasligi va uning Shimoliy Koreyaga bostirib kirishga urinishi aqlsizlik ekanligi aytilgan.  
 
Avvalroq AQSh Guamdagi bazasiga bortida yadroviy kurol olib yura oladigan bir nechta B-2 Spirit bombardimonchi samolyotini joylashtirgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish