Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 01:57 / 15.08.2016
4468
1 daqiqa o‘qiladi
Alabamada samolyot qulashi oqibatida kamida 6 nafar odam halok bo‘ldi
AQShning Alabama shtatidagi Taskalusa shahrida kichik samolyot qulashi oqibatida kamida 6 nafar inson vafot etdi. Bu haqda WBTV News xabar bermoqda.
Halokat taxminan mahalliy soat 11:00 lar atrofida bo‘lgan. Ungacha uchuvchi samolyotda texnik nosozlik paydo bo‘lgani haqida ma'lum qilib ulgurgan.
Samolyot Orlando shahridagi shifokorlar s'yezdiga uchayotgan bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 3 nafar ayol va 3 nafar erkak bor.
Halokat joyida qutqaruv xizmati ishlamoqda va hozirda bortdagi passajirlarning aniq soni ma'lum qilinmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish