Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik sprinter Rioda muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchradi
Riodagi Olimpiadada yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tayotgan stadionga yig‘ilgan muxlislar 100 metrga yugurish musobaqasining yarim finalida AQShlik sprinter Jastin Getlinga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
Muxlislarning sportchiga bunday munosabatiga uning doping bilan bog‘liq o‘tmishi sabab bo‘ldi. Getlin aksildoping qoidalarini buzgani uchun faoliyati davomida uzoq muddatli diskvalifikatsiyalarga uchragan. Biroq uning bunday "qahramonliklariga" qaramasdan, u hech qanday ikkilanishlarsiz Riodagi Olimpiadada ishtirok etishga qo‘yilgan.