Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:42 / 15.08.2016
10972
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyadagi shahar meri ayollarga yopiq kiyimlarda cho‘milishni taqiqlab qo‘ydi
Fransiyaning Kann shahri meri David Lisnar cho‘milish vaqtida burkinidan foydalanuvchi barcha ayollarga ateistlar hissiyotlari va Moviy sohil an'analariga hurmatsizlik qilinishi ifodasi sifatida burkinidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.
Burkini taqvodor musulmon ayollarga diniy me'yorlarni buzmagan holda cho‘milishga imkon beruvchi yopiq cho‘milish kiyimidir.
Mer chiqargan qarorni buzgan ayollarga 38 yevro jarima solinadi.
Shahar rahbariyati birdaniga burkini kiyishni ekstremizmning namoyon bo‘lishi deb hisoblay boshlagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish