Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mister Binning o‘g‘li harbiy akademiyaga o‘qishga kirdi
Mister Bin rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Rouen Atkinsonning o‘g‘li Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasiga o‘qishga kirdi, deb xabar bermoqda The Telegraph. 22 yoshli Ben Atkinsonning aytishicha, u o‘qishga qabul qilingani haqida maktub olgan.
Bu akademiyada shuningdek shahzodalar Uilyam va Garri, qo‘shiqchi Jyeyms Blant va "bondiana" muallifi Yan Fleming ham tahsil olgan.
Rouen Atkinson "Mister Bin" komedik seriali bilan mashhurlik qozongan. Aktyorning o‘g‘li bundan avval Ekseter universitetida tahsil olgan. U harbiy akademiyada 2017 yildan boshlab ta'lim olishni boshlaydi.