Texnologiya | 16:47 / 15.08.2016
4646
2 daqiqa o‘qiladi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i mobil tasmada videoni avtomatik tarzda yuklaydi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarning mobil tasmalarida videoni avtomatik tarzda yuklaydigan bo‘ldi. Bu tanlov hozircha faqat Android tizimida ishlovchi uskunalar uchun mavjud.

Endi yangiliklar tasmasini ko‘rayotgan foydalanuvchilar videoni ko‘rish uchun qo‘shimcha harakatlar bajarishi kerak emas: smartfon ekranining ko‘rish hududiga tushgan video avtomatik tarzda o‘z-o‘zidan ishlay boshlaydi. Foydalanuvchi o‘ziga yoqqan video ustiga bosganida esa, rolik alohida sahifada ochiladi va u yerda videoning namoyishini boshqarish va o‘xshash videolarni qidirish mumkin.

Marina Krasnova, “Odnoklassniki” ijtimoyi tizimining “Video” loyihasi rahbari:
“Ushbu yangiligimiz OKning yangiliklar tasmasidagi videolavhalar ko‘rishning odatiy formati bilan bog‘liq tajribalar davomidir. O‘tgan yili avtomatik ko‘rishni veb ko‘rinishida ishga tushirgan edik. Bizning tajriba shuni ko‘rsatdiki, bu funksiyaga ehtiyoj bor va u ham foydalanuvchilarga, ham kontent yaratuvchilarga birdek muhimdir”.

Yangilikning o‘ziga xosligi — internetga ulanish tezligini nazorat qilishdir. Kichik tezlikda roliklar odatiy tarzda ishlaydi: ya'ni foydalanuvchi pleyerda ko‘rsatish tugmasini bossa bas. Ilovaning sozlanmasida videoning avtomatik ko‘rsatilishi faqatgina WiFi tarmog‘ida doirasidagi holati va videoning odatiy ko‘rish holatlari mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish