Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:35 / 15.08.2016
4891
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda avtobusning jarlikka tushishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
Foto:newinform.com
Kashmirning Pokiston tomonidan nazorat qilinuvchi qismidagi Palandri va Xajira qishloqlari orasidagi yo‘lda avtobus jarlikka tushib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Frans Press axborot agentligi xabar berdi.
"Avtohalokat oqibatida 16 yo‘lovchi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohat oldi, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir", deyilmoqda xabarda.
To‘y mehmonlarini olib ketayotgan avtobus ichida 50 dan ko‘proq odam bo‘lgan. To‘yi bo‘layotgan juftlikning o‘zi avtobusda bo‘lmagan.