Sport | 00:15 / 15.08.2016
21621
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016. O‘zbekiston medallar hisobi bo‘yicha reytingda 35-o‘ringa ko‘tarildi

Boks bo‘yicha 49 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Hasanboy Do‘smatov oltin medal sohibiga aylandi va O‘zbekiston delegatsiyasiga turnirdagi ilk oltin medalni olib keldi.

Shu kungacha O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta bronza medal qo‘lga kiritgan holda 57-o‘rinda joylashgandi. Do‘stmatovning oltin medali esa terma jamoani bir medallar hisobi bo‘yicha norasmiy reytingda 35-o‘ringa olib chiqdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadaga 70 nafar sportchi bilan tashrif buyurgan. O‘zbekiston vakillari sportning 15 turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqda.