Sport | 00:04 / 15.08.2016
13080
1 daqiqa o‘qiladi

Sport gimnastikasi, tayanib sakrash. Oksana Chusovitina medal ololmadi

Bugun Rio-2016 olimpiadasida sport gimnastikasi bo‘yicha final bosqichi o‘tkazildi. Tayanib sakrash bo‘yicha ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Oksana Chusovitina medalga ega bo‘la olmadi. U 14,833 ochko to‘plab, yettinchi o‘rinni egalladi.

Bu musobaqada Olimpiada chempionligiga amerikalik Simona Bayls ega bo‘ldi (15,966). Kumush medal rossiyalik Mariya Pasekaga (15,253), bronza esa shveysariyalik Juliya Shtayngruberga nasib etdi (15,216).

Olimpiada-2016. Rio-de-Janeyro, Braziliya
Sport gimnastikasi. Ayollar. Tayanib sakrash

1. Simona Bayls (AQSh) - 15,966
2. Mariya Paseka (Rossiya) - 15,253
3. Juliya Shtayngruber (Shveytsariya) - 15,216

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish