Sport | 15:51 / 16.08.2016
6192
2 daqiqa o‘qiladi

Ferrari sobiq prezidenti: Shumaxerga davolanish kurslari ta'sir etmoqda

Foto: EPA

Mashhur nemis poygachisi Mixael Shumaxerga 2013-yil oxirida olgan bosh-miya sohasidagi jarohat oqibatlariga qarshi davolash kurslari samarali ta'sir eta boshladi. U, tog‘dagi dam olish chog‘ida og‘ir jarohat olgandi. Bu haqda Britaniyaning Mirror nashriga Ferrari kompaniyasining sobiq prezidenti va boshqaruv kengashi raisi Luk di Montedzemolo ma'lum qilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirlarida Le Parisien gazetasi "Formula-1" poygalarining yetti karra jahon chempioni Shumaxerning sog‘lig‘i tiklanmayotgani haqida xabar qilgan edi. Bungacha, Shumaxer menejyeri Sabina Kem, poygachiga davolash ta'sir qilayotganini aytgandi. Keyinchalik, u bu mavzuda so‘z yuritmagan, dekabrda esa, Shumaxerning tuzalayotgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini bildirgandi. 

"Men unga davolash kurslari ta'sir qilayotganidan xursandman, - degan di Montedzemolo. –Men uning kuchli xarakterga egaligini yaxshi bilaman. Ishonamanki, u ushbu juda og‘ir vaziyatdan chiqib ketadi".