Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:31 / 16.08.2016
3035
1 daqiqa o‘qiladi
Gretsiyada ikkita suv transportining to‘qnashuvi natijasida odamlar halok bo‘ldi
Gretsiyaning Egina oroli sohillarida sayr kemasi va tezyurar katerning to‘qnashib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda sohil qo‘riqlovi xizmati ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, shaxsiy qayiq ag‘darilib ketgan va suvdan 20 ga yaqin kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lingan.
Voqeaning boshqa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish