Texnologiya | 18:31 / 16.08.2016
4280
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy mahsulotlari jahon smartfon bozorining 44 foizini egalladi

DigiTimes Research tadqiqot agentligi o‘zining shaxsiy manbasiga asoslanib ma'lum qilishicha, Xitoy smartfonlari ishlab chiqarish hajmi ko‘tarilmoqda. 2016 yilning ikkinchi kvartalida Xitoy kompaniyalari 145,9 million mobil qurilma jo‘natishgan. Bu o‘tgan kvartalga qaraganda 13 foiz va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,9 foizga ko‘pni tashkil etadi. Ayni damda Xitoy mahsulotlari jahon smartfon bozorining 44,1 foizini egallagan. Xorijda Xitoy smartfonlarining sotilishi o‘tgan kvartalga qaraganda 20,7 foizga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 17,7 foizga oshgan.

Bozordagi Xitoy kompaniyalari quyidagi tartibda o‘rin olgan: Huawei Technologies omadli kompaniya sifatida o‘z raqobatchilaridan 18,8 foizga oshib ketgan. Uning ortidan Oppo 11,5 foiz, uchinchilikda esa Vivo va Xiaomi 9 foizlik natija bilan bormoqda. Quyidagi ro‘yxatda kompaniyalar bozordagi ulushlariga nisbatan joylashtirilgan:
•  TCL - 5,3 foiz;
•  ZTE - 5,3 foiz;
•  Lenovo - 4,7 foiz;
•  Gionee - 4,5 foiz;
•  Meizu - 2,5 foiz;
•  Coolpad - 2,1 foiz.
Smartfonlarni eksport qilish bo‘yicha Huawei (21,8 foiz), TCL  (11,3 foiz), ZTE  (10,1 foiz), Lenovo (8,2 foiz), Oppo (6 foiz), Xiaomi (3,8 foiz), Gionee (3,2 foiz), Vivo (2,4 foiz) kompaniyalari joy egallagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish