Jamiyat | 01:04 / 16.08.2016
7721
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik talaba 750 dollarga ekzoskelet qurdi

Hindistonlik muhandis-talaba Vimal Govind Manikandan o‘zining jamoasi bilan birga 750 dollarga ishlaydigan ekzoskelet qurdi. Bu haqda Techworm portali xabar bermoqda. 

Talabaning aytishicha, u kostyumni yaratishda rejissyor Jyeyms Kemeronning "Avatar" filmidan ilhom olgan. Ekzoskelet og‘irligi 100 kg ga yaqin bo‘lib, 150 kg gacha yukni ko‘tara oladi.

Talaba jamoasi qurilmani yasash uchun 750 dollar sarflagan, vaholanki bunday qurilmaning eng arzon muqobillari 10 minglab dollarlar turadi. Kostyumda ikkita sezilarli kamchilik mavjud: qurilma og‘ir bo‘lgani sababli unda tez harakatlanib bo‘lmaydi hamda batareyalari quvvati juda oz vaqtga yetadi. 

Talaba o‘z ixtirosini mamlakatning mudofaa vazirligiga taqdim qilmoqchi, biroq u ekzoskeletning kelajagini sanoat va og‘irliklar ko‘tarish bilan bog‘liq boshqa tinch sohalarda ko‘rmoqda.