Iordaniya: Qochoqlar borasida limitimiz to‘ldi
Iordaniya podshohi Abdulloh II bayonot berishicha, uning mamlakati suriyalik qochoqlarni qabul qilish bilan og‘ir yukni zimmasiga olgan, ammo afsuski, limitlar to‘lib bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Petra agentligi.
Iordaniya podshohligi 600 mingdan ziyod suriyalik qochqinni qabul qilgan hamda ularni zaruriy ashyolar bilan ta'minlashga byudjyetning 25 foizini sarflamoqda.
Shu yilning fevral oyida Abdulloh II aytganidek, mamlakatga yuz minglab suriyaliklarning kirib kelishidan " iordaniyaliklarning sabr kosasi to‘lgan".
"Hamma juda yaxshi biladiki, Iordaniya — xoh suriyalik birodarlar bo‘lsin yoki boshqa mamlakatlardan kelgan bo‘lsin — boshqa mamlakatlar bera olmagan narsani taqdim etmoqda…Iordaniya jahon manfaatlarini ko‘zlagan holda, ulkan mas'uliyatni zimmasiga olganidan hammaning xabari bor. Ammo, biz o‘z limitimizni to‘ldirdik", — deb podshoh so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jahon hamjamiyatidan olinayotgan yordam qochoqlar uchun qilinayotgan sarf-xarajatlarning 35 foizini zo‘rg‘a qoplamoqda. Abdulloh II ko‘rsatilayotgan yordamni qadrlashini aytar ekan, qochoqlar oqimi mamlakat uchun yangi tashvishlarni olib kelayotganini ta'kidlagan.