Iordaniya podşohi Abdulloh II bayonot berişiça, uning mamlakati suriyalik qoçoqlarni qabul qiliş bilan oğir yukni zimmasiga olgan, ammo afsuski, limitlar tölib bölgan, deb xabar qilmoqda Petra agentligi.

Iordaniya podşohligi 600 mingdan ziyod suriyalik qoçqinni qabul qilgan hamda ularni zaruriy aşyolar bilan ta'minlaşga byudjyetning 25 foizini sarflamoqda. 

Şu yilning fevral oyida Abdulloh II aytganidek, mamlakatga yuz minglab suriyaliklarning kirib kelişidan " iordaniyaliklarning sabr kosasi tölgan".

"Hamma juda yaxşi biladiki, Iordaniya — xoh suriyalik birodarlar bölsin yoki boşqa mamlakatlardan kelgan bölsin — boşqa mamlakatlar bera olmagan narsani taqdim etmoqda…Iordaniya jahon manfaatlarini közlagan holda, ulkan mas'uliyatni zimmasiga olganidan hammaning xabari bor. Ammo, biz öz limitimizni töldirdik", — deb podşoh sözlarini keltiradi agentlik. 

Uning qöşimça qilişiça, jahon hamjamiyatidan olinayotgan yordam qoçoqlar uçun qilinayotgan sarf-xarajatlarning 35 foizini zörğa qoplamoqda. Abdulloh II körsatilayotgan yordamni qadrlaşini aytar ekan, qoçoqlar oqimi mamlakat uçun yangi taşvişlarni olib kelayotganini ta'kidlagan.