Jahon | 21:17 / 16.08.2016
4317
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘poruvchiliklarga chorlagan qozog‘istonlik sud oldida javob beradi

Foto: © RIA

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati sudi, Rossiya hududida terrorchilik harakatlarini sodir etishga chorlagan erkak kishiga nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqa boshladi, deb xabar qilgan viloyat sudi matbuot xizmati.

Xabarlarga ko‘ra, sudlanuvchi internet orqali radikal terrorizmga oid materiallar bilan tanishgach, terrorizm va diniy ekstremizmni targ‘ib qiluvchi radikal kayfiyatdagi oqimlarga kirgan. 

U, endilikda, "terrorizmni targ‘ib qilish yoki qo‘poruvchilik sodir etishga oshkora chaqirish"da ayblanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish