Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Venesueladagi inqiroz bezgak kasalini qayta avj oldirdi
Venesueladagi og‘ir iqtisodiy tanglik bezgakning qaytadan avj olishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, oddiy bo‘lmagan holat sabab kamida 70 ming kishi oltin qidirish maqsadida tog‘larga chiqib ketgan. Oltin qazib olish esa namlik yuqori hududlarda olib boriladi. Namlik yuqori hududlarda esa asosiy bezgak tashuvchi hashoratlar yashaydi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yilning birinchi yarmida bezgakka chalinganlar soni 72 foizga o‘sib, 125 ming kishini tashkil etgan. Shu sabab hukumat mamlakatdagi sanitar-epidemologik vaziyat to‘g‘risida hisobot bermayapti.
Bundan tashqari, gazetaning xabar berishicha, Venesuelada dori-darmon vositalari ham yetishmaydi.