Sport | 07:20 / 16.08.2016
27421
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016. O‘zbekiston medallar hisobi bo‘yicha reytingda 26-o‘ringa ko‘tarildi
Og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun yana bir oltin medal olib berganidan keyin terma jamoa umumiy reytingda yanada yuqoriladi.
Turnirga 70 nafar sportchi bilan tashrif buyurgan O‘zbekiston termasi a'zolari shu vaqtga qadar 1ta oltin va 4ta bronza medaliga ega bo‘lishgandi.
Bundan tashqari, ikki bokschi medalni hal qilib qo‘ygan. Shahram G‘iyosov finalga chiqqan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev yarim finalgacha yetib kelgan. Ularning ehtimoliy medallari qo‘shib hisoblanganda, hozirda O‘zbekiston 8ta medalni naqd qilgan.
O‘zbekiston umumjamoa hisobida medallar jadvalida 26-o‘ringa ko‘tarilib oldi.