Jahon | 20:55 / 16.08.2016
7438
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada harbiy isyonga qarshi turgan tumanlar nomi samolyotlarga qo‘yilmoqda

Foto: © RIA

Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi sakkizta havo laynerini  Istanbul va Anqaraning davlat to‘ntarishiga qarshi kurashda asosiy o‘rin tutgan tumanlari nomi bilan atadi, deb yozmoqda Hurriyet nashri.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, "15-iyul kungi xoinona davlat to‘ntarishiga urinish chog‘ida mamlakat birligini saqlab qolish uchun ko‘rsatilgan shijoatni e'tirof etish maqsadida" shunday qarorga kelingan.

Aviakompaniyaning uchta samolyoti Anqaraning Beshtepa, Kazan va Ko‘lboshi tumanlari sharafiga nomlangan. Yana beshta samolyotga Istanbulning Sarachxona,  Chengelko‘y, Kavajik, Ajibadem va Atishalani tumanlari nomi beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, 16-iyulga o‘tar kechasi bir guruh harbiy isyonchilar Turkiyaning qonuniy hukumatini ag‘darish maqsadida davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish