Sport | 00:52 / 17.08.2016
4270
1 daqiqa o‘qiladi

"Fenerbaxche" Dik Advokatning bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi

"Zenit" klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Dik Advokat "Fenerbaxche"ga murabbiylik qila boshladi. Avvalroq 68 yoshli mutaxassis Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi lavozimini tark etgandi.

"Klub Dik Advokat bilan kelishuvga erishdi. Ertaga shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi, klub unga OAV vakillarini taklif etadi", deb aytildi klub saytida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish