Matiz avtomobili kanalga tushib ketgan surat tarqaldi

Foto: Voditeli Tashkenta/Facebook
Facebook tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida matiz avtomobilining suvga tushib ketgan surati paydo bo‘ldi. Guruh foydalanuvchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, voqea Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Suvsoz dahasida sodir bo‘lgan.
Diqqat bilan qarasangiz, matiz mashinasi kanal ustidagi ko‘prikka urilib to‘xtaganini ko‘rasiz.
Suratda aks etgan voqeaning qachon va qayerda yuz berganligiga oid aniq ma'lumotlar hozircha yo‘q.
Mashina kanal yoqasi bo‘ylab harakatlanayotgan yoki avtomobilini yuvmoqchi bo‘lganda suvga tushib ketganligi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid

11:44 / 11.03.2025
O‘zbekiston kanallarni betonlash hisobiga suv sarfini 15 foizgacha kamaytirdi

11:50 / 05.03.2025
Hongkong operatori Panama kanali portlarini AQShga sotadi

13:33 / 06.02.2025
Panama kanali AQSh hukumati kemalari uchun bepul bo‘ladi

15:38 / 09.01.2025