Jahon | 21:57 / 20.08.2016
8101
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik dengizchi suv osti kemasini suratga olgani uchun qamaldi

Foto: defence.gov

Amerikalik dengizchi Kristian Sose Alexandria suv osti kemasi ichini suratga olgani uchun bir yilga qamaldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Sose yana 6 yil uy qamog‘ida bo‘ladi.

2009 yilda suv osti kemasida mashinist bo‘lib ishlagan Sose kema Konnektikut portida bo‘lganda, uning ichining 6 ta suratini olgan. Suratlarga atom reaktori bo‘limi va boshqaruv posti kabi maxfiy obektlar tushgan. Dengizchining o‘zi bu harakatlarini o‘z ishchi joyini oilasiga ko‘rsatish istagi bilan tushuntirgan.