Jamiyat | 11:33 / 25.08.2016
9121
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjonda tarvuzni bosh bilan tez yorish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi (Video)

Ozarbayjonning Sobirobod shahrida tarvuz festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalning bir qismi sifatida tarvuzni bosh bilan tez yorish bo‘yicha musobaqa tashkil qilingan. Bu musobaqa tasvirlari VVS tomonidan namoyish etilgan.

Bayram dasturida poliz ekinlaridan tayyorlangan 20 xildan ortiq taomlar taqdim etilgan. Shuningdek, tarvuzni so‘yishning noodatiy uslublari namoyish etib berilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid