Light | 12:28 / 30.08.2016
23788
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Dunyoning eng yoshi ulug‘ kishisi - 145 yosh

Yer yuzidagi eng yoshi ulug‘ inson 145 yoshli Mbax Goto Yava orolida yashashi ma'lum bo‘ldi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi. 

Mbax Gotoning so‘zlariga ko‘ra, u 1870 yilning 31 dekabrida tavallud topgan, lekin buni tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari yo‘q. 

Manbaga ko‘ra, Mbox Goto 4 nafar ayolini va barcha farzandlarini so‘nggi manzilga kuzatgan, hozir esa nevaralari hamda evaralari bilan birga yashaydi. 

Mahalliy hukumat Gotoning "tug‘ilgan sanasi" satriga 31.12.1870, deb yozgan bo‘lsa-da, ilmiy jamiyat bu yangilikni ishonqiramay qabul qildi. 

Bugungi kunga kelib, rasman eng uzoq umr ko‘rgan rekordchi 122 yil va 5 oy yashagan fransiyalik Janna Kalman hisoblanadi.