Sport | 00:23 / 09.09.2016
6619
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar klub ixtiyoriga qaytdi

Braziliyalik hujumchi Neymar “Barselona” klubi ixtiyoriga qaytdi. Bu haqda Football Espana nashri xabar berdi.

Neymar butun yozni Braziliya terma jamoasi tarkibida o‘tkazdi. Avvalroq u Amerika kubogi-2016da ishtirok etdi. Oradan biroz vaqt o‘tib Rio-2016 olimpiadasida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. So‘ngra JCh-2018 saralash o‘yinlarida qatnashdi.

Shunday qilib Neymar klub bilan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Shuningdek, Maskerano, Umtiti, Din va Silessenlar ham jamoa bilan navbatdagi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

 

Manba:tribuna.uz

Mavzuga oid