Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: polkovnik Zaxarchenko «Vympelkom» rahbarining Rossiyadan qochishiga aloqador
Rossiya IIV korrupsiyaga qarshi boshqarmasi rahbari o‘rinbosari, korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olingan Dmitriy Zaxarchenko «Vympelkom» (Bilayn kompaniyasi egai)ning sobiq rahbari Mixail Slobodinning qochishiga yordam bergan, deya xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi huquq idoralaridagi manbasiga tayangan holda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Zaxarchenko Slobodinni, unga nisbatan Komi respublikasining sobiq rahbari Vyacheslav Gayzerning ishi bo‘yicha operativ amaliyot tayyorlanayotganidan ogohlantirgan.
«Shundan so‘ng, hozirda federal qidiruvga berilgan Slobodin zudlik bilan Rossiya hududini tark etgan», — degan manba.
Uning izohlashicha, maxsus xizmatlar korrupsiyaga aloqador ishlarni surishtirishda «T» boshqarmasiga murojaat qilishgan.
«Zaxarchenko barcha operativ ishlardan xabardor bo‘lgan va bundan o‘zining g‘arazli maqsadlarida foydalangan», — deb qo‘shimcha qilgan manba.