Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paralimpiada-2016 bahslarida o‘zbekistonliklar yana uchta medalni qo‘lga kiritishdi
Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining ikkinchi kuni ham o‘zbekistonliklar uchun omadli keldi. Shu kuni Vatanimiz sportchilari 3ta bronza medalini muxlislariga taqdim etishdi.
Umuman, O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi 11 ta medal (3/2/6) bilan 6/7 o‘rinni band etib turibdi. Avstraliya vakillari xuddi shunday natijani qayd etishgan. Turnir jadvalini 49 (20/17/12) medal bilan Xitoy boshqarib bormoqda. Buyuk Britaniya hisobida (12/6/9) jami 27ta medal bo‘lsa, ukrainaliklar Paralimpiyaning 26ta (7/6/13) medalini qo‘lga kiritgan.
10 sentabr kungi bahslarda O‘zbekistonning 11 vakili bahslarga kirishadi.
