Jahon | 02:59 / 10.09.2016
7657
1 daqiqa o‘qiladi
Polkovnik Zaxarchenkoga ayblov e'lon qilindi
Tergov tomoni Rossiya IIV Korrupsiyaga qarshi kurash bosh boshqarmasi «T» boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Dmitriy Zaxarchenkoni JKning 3ta moddasi bo‘yicha ayblamoqda, deb xabar qilgan TASS agentligi.
Tergovchi bu haqda Presnen tumani sudi majlisida ma'lum qilgan.
«Zaxarchenko uchta modda bo‘yicha ayblanmoqda: «O‘ta yirik miqdorda pora olish», «Xizmat lavozimini suiiste'mol qilish» va «Tergovchining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish», — degan tergovchi.
Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Zaxarchenkoning xonadoni tintuv qilinganida 120 mln dollar va 2 mln yevro miqdorida xorijiy valyuta topilgan.