Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real"dan yirik g‘alaba, Ronaldu qaytishini gol bilan nishonladi
Ispaniya chempionatining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
"Real" o‘z maydonida "Osasuna"ni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda madridliklar raqiblaridan ustunligini ko‘rsata olishdi hamda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Madridliklar safidagi dastlabki golni Krishtianu Ronaldu kiritdi. Portugaliyalik futbolchi jarohatidan qutulib, safga qaytishini gol bilan nisholadi. Keyinchalik Danilo, Ramos, Pepe va Modrichlar ham bir marotabadan "Osasuna" darvozasini ishg‘ol qildi. Raqiblar esa bunga javoban ikki marotaba Kike Kasilya darvozasini nishonga olishdi.
"Real" - "Osasuna" - 5:2
Gollar: Ronaldu 6, Danilo 41, Ramos 45, Pepe 56, Modrich 62 - Riyera 64, D.Garsiya 78
Amalga oshirilmagan penalti: Roberto Torres 73
Ogohlantirishlar: Danilo 69, Ramos 72 - Flano 17, Garsiya 32, Bonnin 75
Chetlatish: T.Bonnin 80