Jahon | 02:29 / 10.09.2016
5344
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShning Iroq siyosiy hayotiga aralashuvini dahshatli xato deb atadi

Amerika harbiy kuchlari Iroqqa bostirib kirishi va u yerdagi urushda ishtirok etishi kerak emasdi. Milliarder Donald Tramp Russia Today telekanali boshlovchisi Larri Kingga bergan intervyusida ana shunday fikr bildirdi

AQSh prezidentligiga nomzod arab mamlakatidagi harbiy operatsiyani dahshatli xato bo‘lganini ta'kidladi.  Bu urush Oq uyga katta tashvishlar keltirdi. 

Donald Tramp: "Biz uzoq 15 yil Iroqda jang olib bordik va bu urush haligacha tugagani yo‘q. Endi esa Yaqin Sharqda nimalar sodir bo‘layotganiga bir qarang. AQSh mazkur harbiy operatsiyaga 6 trillion dollar sarfladi. Men bu pullarga ikki marotaba mamlakatimizni qayta qurgan bo‘lardim!"

Tramp raqibi - Hillari Klintonga nisbatan ham munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda gap "yoqish yo yoqmaslik"da emas. U shunchaki Klinton va Obama o‘z ishlarini yaxshi uddalay olishmayapti, deb hisoblaydi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar raqiblari bu ishni uddalaganda u prezidentlikka nomzodini qo‘ymagan bo‘lardi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish