Sport | 21:02 / 13.09.2016
6232
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» OChL yarim finali ostonasida to‘xtadi

Bugun Toshkentning «Lokomotiv» klubi OChL chorakfinali doirasidagi javob o‘yinida BAAning «Al-Ayn» klubini qabul qildi. Bu o‘yin mezbonlarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi va «temiryo‘lchilar» turnir bilan xayrlashdi.

O‘yinning 38-daqiqasida Lukas Kayo tomonidan urilgan gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi va raqiblarga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘alaba keltirdi.

Safarda o‘tgan birinchi o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilgandi. 

13 sentabr 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 
«Lokomotiv» - «Al-Ayn» (BAA) 0:1 
Gol:
Kayo (38)

"Lokomotiv": 1. Nesterov, 5. Maxaradze, 8. Jyeparov, 11. Abduxoliqov, 13. Yanichich, 15. Mirzayev (Bikmayev 75), 17. Mustafoyev (Zoteyev 65), 18. Kapadze (s), 20. To‘xtaxo‘jayev, 22. Shoahmedov, 71. Gevorkyan (Aliboyev 68)

"Al-Ayn": 17. Xolid Iso, 4. Said Musabbeh, 5. Ismoil Axmad, 7. Lukas Kayo, 9. Duglas (Barman 79), 10. Umar Abduraxmon (s) (Diakiy 90), 19. Muhannad Salim, 21. Favzi Foiz, 25. Amir Abduraxmon, 29. Li Myun Ju, 70. Asprilya

Ogohlantirishlar: U.Abduraxmon (43), Fayz (59), Zoteyev (68), Bikmayev (86), Maxaradze (88), Aliboyev (88)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid