Sport | 07:45 / 17.09.2016
11556
2 daqiqa o‘qiladi

APL. “Chelsi” – “Liverpul” to‘qnashuvida Kloppning qo‘li baland keldi (video)

Angliya Premer-Ligasining 5-turining markaziy uchrashuvin Londondagi “Stemford Brij” o‘yingohida “Chelsi” hamda “Liverpul” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Ikki grand jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvining bu galgisi boshqacha ssenariy ostida boshlandi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Deyan Lovren Felipe Koutino tomonidan uzatmadan foydalanib, hisobni ochdi, - 0:1. Goldan ruhlangan mehmonlar yana hujumlar tashkil qildi. Bu esa 36-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. “Liverpul” sardori Jordan Xenderson Tibo Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi va “mersisaydliklar”ni yanada hisobda oldinga o‘tib olishini ta'minladi, - 0:2.

“Chelsi” ikki marotaba to‘p olib chiqqanidan keyin, 62-daqiqaga kelib Diyego Kostaning yagona goli bilan javob qaytara oldi. Shunday qilib, “Liverpul” safarda o‘ynaganiga qaramay, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 10taga yetkazdi.

Angliya Premer-ligasi, 5-tur

“Chelsi” (London) – “Liverpul” (Liverpul) – 1:2 (0:2, 1:0)

Gollar: Diyego Kosta 62’ – Deyan Lovren 17, J. Xenderson 36.

Ogohlantirishlar: Villian 45

 

Mavzuga oid