Jahon | 07:29 / 21.09.2016
3068
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh kelasi yilda 100 mingdan ortiq qochqinni qabul qiladi

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, Qo‘shma Shtatlar kelasi yilda butun dunyodan 110 mingdan ortiq qochqinni qabul qiladi, bu o‘tgan yilgi raqamdan 60 foizga ko‘pdir, deb yozmoqda Time.

Bundan tashqari, BMT Bosh Assambleyasining Nyu Yorkda bo‘lib o‘tayotgan 71-sessiyasida chiqish qilgan Obamaning qo‘shimcha qilishicha, qochqinlar masalasi jahon hamjamiyati uchun «insoniylik sinovi»dir. 

AQSh rahbari shuningdek, boshqa mamlakatlar rahbarlarini muhojirlik inqirozi bilan yanada samaraliroq kurashishga chaqirib, «Suriya va Shimoliy Afrikadagi mojarolar sabab o‘z uylarini tark etganlarning holini tushunish»ga undadi.

Avvalroq, The Wall Street Journal gazetasi amerikalik moliyachi Jorj Soros qochqinlar ehtiyojlari uchun 500 mln dollar ajratishini yozgan edi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid