Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik sayyoh semiz yo‘lovchilar tufayli poyezdga qo‘yilmadi
Buyuk Britaniyada mahalliy sayyoh u buyurtma berib qo‘ygan joyni u bilan birga ketuvchi boshqa bir semiz yo‘lovchilar egallagani sababli poyezdga qo‘yilmadi. Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Entoni Poppel ismli sayyoh Snoudon tog‘ temir yo‘li orqali Uelsga borish uchun poyezdga chipta sotib oldi. Sayyoh u yerdagi Snoudon tog‘iga bormoqchi bo‘lgan.
Biroq 69 yoshli Poppel vokzalga kelganda, yo‘lboshlovchi unga vagonda joy yo‘qligini aytgan. Aniqlanishicha, Poppelga 4 kishidan iborat oila hamrohlik qilib, ular o‘zlarining katta o‘lchamlari sababli nafaqat o‘zlariga ajratilgan 4 ta o‘rindiqni, balki Poppelga tegishli 5-o‘rindiqni ham egallab olishgan. Uning hamrohlari unga joy bo‘shatishdan bosh tortishgan.
Snoudon temir yo‘li vakili yo‘lboshlovchilar bu vaziyatda qo‘llaridan kelgan ishni qilganlarini, biroq bu natija bermaganini aytgan. Temir yo‘l vakili Poppeldan unga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan. Kompaniyada ularning vagonlari 10 kishiga mo‘ljallangani, biroq semiz yo‘lovchilar sababli bunday vaziyatlar har yili bo‘lib turishini aytishgan.
Poppel uning xordig‘i "rasvo" bo‘lganini aytgan. Uning aytishicha, u Uelsga birinchi bor kelishi bo‘lgan va tog‘ni juda ko‘rishni istagan.
Snoudon tog‘i Uelsning eng baland tog‘i hisoblanadi. Uning uchi dengiz sathidan 1085 metr balandlikda joylashgan. Snoudon temir yo‘li Uelsning shimolidagi Llanberis qishlog‘ini tog‘ uchi bilan birlashtiradi.
Mavzuga oid
17:17 / 25.11.2022
JCh-2022. Eron 90+8 va 90+11-daqiqadagi gollar evaziga Uelsni mag‘lub etdi
23:10 / 05.06.2022
O‘tish o‘yini. Uels Ukrainani mag‘lub etib, JCh-2022ga yo‘llanma oldi
22:06 / 13.05.2018
Motorlashtirilgan kulba tezlik rekordini o‘rnatdi
08:03 / 21.03.2018