Jahon | 14:15 / 25.09.2016
3551
2 daqiqa o‘qiladi

Gabon muxolifati prezident Ali Bongo saylovlarda g‘alabaga erishganini tan olmadi

Gabon muxolifati yetakchisi Jan Ping prezident Ali Bongo saylovlarda g‘alabaga erishganini o‘z kuchida qoldirgan mamlakat konstitutsiyaviy sudi qarorini "adolatsiz" deb atadi. Bu haqda BBC xabar bergan.

Ping o‘z tarafdorlarini "hushyorlikni yo‘qotmaslik va safarbarlikka tayyor turish"ga chaqirdi. Televideniye orqali mamlakatda namoyishlar to‘lqini boshlanishi mumkinligi xavfi haqida ma'lum qilingan.

Bu vaqtda esa prezident Bongo yuzaga kelgan taranglikni bartaraf etish uchun muxolifatning bir qator vakillarini o‘z hukumati tarkibiga kiritish taklifini bildirgan.

U hukumat tepasiga 2009 yili, 42 yil davomida mamlakatni boshqargan otasining o‘limidan so‘ng kelgandi. 

Ali Bongo endilikda yangi hukumat shakllantirmoqchiligi haqida aytgan.

Ping sudga murojaat qilib Bongoning 99,9 foiz saylovchi qatnashgan provinsiyada 95 foiz ovoz to‘plagani borasidagi holatni tekshirishni so‘ragandi.

Lekin sud bu murojaat ifodalangan kopiyani qabul qilmadi.

Ping mazkur provinsiyada ovozlarni qayta hisoblash haqidagi murojaati sud tomonidan rad etilsa, Gabonda vaziyat izdan chiqishi haqida ogohlantirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish