Jamiyat | 08:21 / 27.09.2016
11823
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Leonardo DiKaprio hafta davomida ikkinchi uyini sotuvga qo‘ydi

Amerikalik aktyor Leonardo DiKaprio Malibudagi dang‘illama hovlisini sotganidan bir necha kun o‘tib, yana bir uyini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda TMZ xabar bergan.

Bu safar DiKaprio Los-Anjyelesda joylashgan Studio-Siti tumanidagi uyini sotishga qaror qilgan.

2014 yilda sotib olgan bu 5ta yotoqxona va 3ta yuvinish xonasi bor uyi uchun aktyor 2,395 mln dollar so‘ramoqda. Agar uy shu narxga sotilsa,  DiKaprio 2 yil oldin to‘lagan pulidan 345 ming dollar ko‘proqqa sotgan bo‘ladi.

Kaliforniyacha uslubdagi bu uy 316,5 kv. m maydonni egallaydi va ko‘proq amerikancha ranchoni eslatib yuboradi. Shu bilan bir vaqtda interer jihozlari dizayni zamonaviy koshonalarnikidan qolishmaydi (hay-tek uslubi).

Bundan oldinroq DiKaprio Malibudagi dang‘illama uyini 11 mln dollarga sotgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid