Yunusobod tumanida “Malibu-2” avtomaşinasi va “Isuzu” yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi holat böyiça rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 2022 yil 13 oktabr kuni soat 23:50 larda Toşkent şahar Yunusobod tumani Ahmad Doniş köçasida bir yönalişda harakatlanib kelayotgan ikkita transport vositasi - “Isuzu” yuk avtomaşinasi va “Malibu-2” avtomaşinasi iştirokida YTH sodir bölgan.

Xabarga köra, 2000 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi “Malibu-2”  avtomaşinasi Yunusobod tumani Ahmad Doniş köçasi böylab Sebzor - Ahmad Doniş köçalari kesişgan çorraha tomon harakatlanib ketayotgan bölgan. 

U tezligi yuqoriligi sababli, oldinda şu yönalişda harakatlanib ketayotgan, 1983 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomaşinasining orqa çap qismiga kelib urilgan.

Uriliş natijasida “Malibu-2” avtomaşinasi yölni ajratib turuvçi beton tösiqqa urilib, yölning qarama-qarşi tomoniga ötib töxtagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yuq. 

Hozirda holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.