Jahon | 23:40 / 27.09.2016
10573
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy muftiy patriarxning abortni taqiqlash to‘g‘risidagi talabini qo‘llab-quvvatladi

Rossiya Oliy muftiysi Talgat Tojiddin mamlakatda abortni butunlay taqiqlash to‘g‘risidagi murojaatini qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi. Bu   murojaat Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill tomonidan imzolangan edi. Bu haqida  RIA «Novosti» xabar beradi.

«Biz ham shu fikrdamiz. Bu bolalarni o‘ldirishdir, men bu haqida axir Qurbon bayramidagi xutbada takidlab o‘tgan edim», — dedi u.

Muftiy shuningdek, o‘zi ham shu kabi murojaatlarni imzolashga tayyor ekanligini va bu "to‘g‘ri qaror" bo‘lishini aytib o‘tdi.  

Uning ta'kidlashicha, Islom diniga ko‘ra, agarda ona salomatligi va hayotiga  tahdid soluvchi tibbiyot ko‘rsatkichlari aniqlangandagina  homiladorlikni to‘xtatish mumkin. 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish