Sport | 16:05 / 28.09.2016
7307
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent dzyudo bo‘yicha Gran-priga mezbonlik qiladi

6—8 oktabr kunlari davomida Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida dzyudo bo‘yicha to‘rtinchi Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi. «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra, mazkur turnirda 15 mamlakatdan 143 nafar sportchi ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi sharafini barcha vazn toifalarida 4 nafardan jami 56 dzyudochi (28 erkak va 28 ayol) himoya qiladi.

Gran-pri turniri 14ta vazn toifasida o‘tkaziladi (erkaklar: -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg, +100 kg; ayollar: -48 kg, -52 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, -78 kg, +78 kg).

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, mukofot jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi: birinchi o‘rin — oltin medal va 3 000 dollar (dzyudochi – 2 400, murabbiy – 600), ikkinchi o‘rin — kumush medal va 2 000 dollar (dzyudochi – 1 600, murabbiy – 400), ikkita uchinchi o‘rin — bronza medali va 1 000 dollar (dzyudochi – 800, murabbiy – 200).

Grand Prix Tashkent 2016 rasmiy posterida 3 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi tasvirlangan: Gulnoza Matniyozova (-70 kg), Abdulla Tangriyev (-100 kg) va Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg).

Dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirlari har yili 10 mamlakatda o‘tkaziladi. Toshkent shahri 2016 yilga qadar 4 marta ushbu turkumdagi musobaqalarga mezbonlik qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid