Jahon | 18:40 / 02.10.2016
10589
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Gulenning ukasi qo‘lga olindi

Turkiya politsiyasi tomonidan muxolifat yetakchisi Fathulloh Gulenning ukasi ushlandi.

Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, Qutbiddin Gulen FETO tashkilotiga a'zolikda gumon qilinib, qo‘lga olingan. U 16 iyuldan buyon Gaziyemirdagi qarindoshinikida yashirinib kelgani aniqlangan.

Turkiya hukumati uning mamlakatdagi harbiy to‘ntarishga urinishda ayblamoqda.

Bundan oldinroq Turkiya hukumati Fathulla Gulenning qarindoshini hibsga olgani haqida xabar berilgandi.

Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ mamlakatda 16 iyul oqshomidagi isyonga aloqadorligi uchun hibsga olinganlar soni 32 ming nafarni tashkil qilayotgani haqida aytgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid