Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya sudi BMT Bosh kotibining jiyanini firibgarlikda aybladi
Seul sudi BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning jiyani Pan Chu Xyonni firibgarlikda aybladi va 590 ming AQSh dollari tovon puli to‘lashga hukm etdi. Bu haqda 3 oktabr kuni «Yonxap» agentligi xabar bermoqda.
Pan Chu Xyon soxta hujjatlar tayyorlash va bajarmagan ishlari uchun pul olishda ayblangan.
U 2014 yilda AQShdagi kompaniyalardan birining vakili bo‘lgan. Pan Chu Xyon pul evaziga Keangnam Enterprises qurilish firmasiga bino sotib olib berishda hujjatlarni soxtalashtirgan. Bundan bino joylashgan Katar rahbariyati o‘z noroziligini bildirgan. Bundan tashqari u qarindoshligidan foydalanib, mamlakat amiri Hamad bin Xalif al Taniniga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashish uchun va'da bergan.
Yakunda Bosh kotib jiyani o‘z majburiyatini amalga oshirmagan. 2015 yilda Keangnam Enterprises qarzi yuqoriga chiqib borgan va uning boshqaruvchisi o‘z joniga qasd qilgan.