Light | 21:14 / 05.10.2016
16242
7 daqiqa o‘qiladi

Eng samarali havo tozalagichlar aniqlandi

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Eng samarali havo tozalagichni aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi, unda Daikin, BORK, Ballu, Tefal, Xiaomi, Philips va Panasonic qurilmalari ishtirok etdi. Test natijalari haqida hi-nech.ru nashri xabar berdi. 

Havo tozalagich nima uchun kerak?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, har yili ifloslangan havo natijasida 7 milliondan ortiq o‘lim holati qayd qilinadi. Afsuski, bu ko‘rsatkichlar borgan sari o‘sib bormoqda. JSST ekspertlari fikricha, iflos havo - bugungi kunda inson hayotiga xavf soluvchi yirik ekologik tahdid. 


 
Havodagi turli aralashmalar insonda ko‘plab kasalliklar rivojlanishining xavfini oshiradi, allergiya va astmaga yo‘liqqan bemorlar hayotini sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Shunday paytlarda havo tozalagich yordamga keladi. 

Havo tozalagichlar qanday sinaldi? 

Har bir havo tozalagich maksimal ishlash tezligida sinovdan o‘tkazildi. Havo tozalagichlar ParticleScan Pro - mayda dispers zarrachalarni hisoblovchi professional uskunada "sinaladi". Qurilmalar eng qat'iy standartlarga ko‘ra sinovdan o‘tkazildi.

Barcha modellar bir bino ichiga joylashtirilgan, ParticleScan Pro uskunasi ko‘rsatgan ifloslik darajasi bu yerda taxminan 2 million zarrachani tashkil qildi. Aynan eng kichik ifloslanishlar inson uchun xavf tug‘diradi. 

Qaysi havo tozalagich yaxshiroq? 

Daikin Ururu MCK75JVM K turli xil filtrlarga to‘la: katexinli, gofrili, fotokatalitik, shuningdek hidlar, viruslar va bakteriyalarni yo‘q qilish uchun titan-mineralli filtrlar. 

Hattoki stimmer zaryadi mavjud - u formaldegid molekulasi va boshqa zararli kimyoviy moddalarni neytrallashtiruvchi tezkor elektronlarni hosil qiladi. Bunga yana havoni namlantirishni ham qo‘shing. NeRA-filtrdan esa yaponlar voz kechishgan. 

Aftidan bunday kuchli to‘siqni hech bir chang zarrasi kechib o‘tolmaydigandey tuyuladi, aslida bunday emas. Daikin o‘tkazilgan sinov testida oxirgi - yettinchi o‘rinni egallagan. Bunday natija ko‘pchilik mutaxassislarni ajablantirdi. 

BORK A803 AirEngine havo tozalagichi Daikin'ni ortda qoldirdi, shuning o‘zi u uchun g‘alaba. Unga patentlangan GREEN 360° tozalagichi o‘rnatilgan. Ushbu havo tozalagichning omadli egalari bemalol nafas olib yashayverishlari mumkin bo‘ladi. 

Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, havo tozalagich 0,1 mkm'gacha bo‘lgan zarrachalarni ushlab qolishga va xilma-xil hidlarni neytrallashtirishga qodir. Biroq tadqiqotchilarning professional skaneri bu borada o‘z so‘zini aytib, bu qurilmaga 6-o‘rinni berdi. 

Ballu AP-155 havo tozalagichi 5-o‘ringa munosib ko‘rildi: unda havo avval nisbatan yirik zarrachalarni ushlab qoluvchi Pre-Carbon-filtridan o‘tadi, undan so‘ng NeRA-filtr, keyingina VOC-filtrdan o‘tadi. Mazkur qurilma yoqimsiz hidlar, kimyoviy birikmalarni neytrallashtiradi va havoni ionizatsiyalashtiradi. 

Eslatib o‘tamiz, test sinovining maqsadi - havoni mayda dispersli zarrachalardan tozalash xususiyatini tekshiruvdan o‘tkazish va bu tasnifda Ballu 5-o‘rinni egallagan. 

Bizni yana bir karra ajablantirgan natija bu - Tefal Intense Pure Air PU4025 tozalagichining 4-pog‘onani zabt etgani. To‘g‘risini ayting, Tefal brendi deganda ko‘z oldingizga nima keladi? Ehtimol, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida Tefal tovalari namoyon bo‘lar. Havo tozalagich-chi? Bundan buyon Tefal'ning bu maishiy texnikasi ham ishonchli ekanini yodda tuting. 

Ushbu havo tozalagich 4 filtrlash  darajasiga ega: havoni yirik changdan dastlabki tozalash, faollashtirilgan ko‘mir,  NeRA-tozalash va nihoyat, formaldegidni o‘ldiruvchi filtr. 

Kichik sensatsiya: g‘oliblar uchligini Xitoyning Xiaomi Mi Air Purifier 2 havo tozalagichi egalladi. Bugungi kunda Xiaomi rusumi borgan sari ko‘plab insonlarning e'tiborini qozonmoqda, biroq bu uncha qimmat bo‘lmagan zamonaviy smartfonlar tufaylidir. Bu yerda esa kutilmaganda kompaniyaning havo tozalagich ishlab chiqarishidan ham boxabar bo‘ldik. Xitoy segmenti bu borada kuchli chiqib, Xiaomi'ga 3-o‘rinni taqdim etdi. 

Uning filtrlari ikki qismdan iborat: to‘rli va NeRA filtrli tashqi tozalagich hamda faollashtirilgan ko‘mir to‘ldirilgan, kokos yong‘oqlari po‘stidan tayyorlangan ichki tozalagich.

Philips havo tozalagichining testda yetakchi 2-o‘rinni egallashi ajablanarli emas. Mazkur kompaniya turli tibbiy texnologiyalarni ishlab chiqarishi bilan yaxshi tanilgan, biz ko‘p vaqtimizni o‘tkazadigan inshootlardagi havoni tozalash esa salomatlikni saqlashga yordam beradi. 

Philips AC3256/10 tozalagichining kuzatish hamda havodan allergenlarni "evakuatsiya qiluvchi" avtorejimi mavjud. Shuningdek u havo sifatini nazorat qiluvchi sensor tizimiga ham ega.

Filtrlar to‘plami va o‘rnatish sxemasi bu qurilamada oddiy: dastlabki (yirik chang, jun), ko‘mir (hidlar, gazsimon ifloslanish) va yuqori samarali NeRA-filtrlar. 

Panasonic F-VXH70 – bu iqlim majmui: ham havoni tozalaydi, ham uni namlantiradi. Bu qurilmada havoning tozaligi uchun filtrlarning klassik to‘plami javobgardir. 

Dastlabki to‘rli filtr, faollashtirilgan ko‘mir granulalari bo‘lgan filtr (hidlar va gazsimon ifloslanishga qarshi kurashadi) va NeRA-filtr - aynan u zararli mayda dispersli chang, allergenlar bilan kurashadi, qo‘shimcha filtrlovchi Green Tea Catechin qatlami (ko‘k choy ekstrakti bilan) esa viruslar faolligiga bosim o‘tkazadi. 

Panasonic F-VXH70 qurilmasida Nanoe texnologiyasi qo‘llangan: ultrakichik diametrdagi nanoionlar havodagi allergenlar, viruslar va boshqa iflosliklarni o‘ziga tortadi. Yaponlar bu texnologiyaning samaradorligini tasdiqlovchi ko‘plab tadqiqotlarning guvohi bo‘lishgan. Bizga esa uning natijasi muhim. Bu qurilma esa boshqalariga nisbatan eng a'lo natijalarni ko‘rsatdi. Panasonic – test sinovi g‘olibi!

 

Mavzuga oid