Iqtisodiyot | 09:34 / 06.10.2016
16831
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng qimmat brendlari nomi e'lon qilindi

© AP

Interbrand Corp konsalting agentligi 2015 yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Reytingda birinchi o‘rin yuqori texnologiyalar ishlab chiquvchi Apple kompaniyasiga munosib ko‘rilgan. Uning bozor qiymati, bir yil ichida 5 foizga qimmatlashib, 179,1 milliard dollarni tashkil etgan. Ikkinchi o‘ringa — Google joylashtirilgan. Internet qidiruv xizmati 11 foizga qimmatlashgan va bugungi kunda 133,3 milliard dollar ekani qayd etilgan. Yetakchi uchlikni kuchli gazlangan ichimliklar brendi Coca-Cola yakunlagan. 13 yil mobaynida mazkur reytingga yetakchilik qilgan kompaniya bu safar 7 foizga arzonlashib, uning bozor narxi 73,1 milliard dollarni tashkil etgani aytilmoqda. Bunda, to‘rtinchi yildirki, yuqori uchlikni ayni kompaniyalar egallamoqda. Faqatgina ular o‘zaro o‘rin almashayotgani qayd etilgan. 

Reytingning birinchi o‘nligiga shuningdek, yuqori texnologiya sohasining 6ta namoyandasi, jumladan Microsoft (to‘rtinchi o‘rin, qiymati — 72,8 milliard dollar), IBM (oltinchi, 52,5 milliard), Samsung (yettinchi, 51,8 milliard), Amazon (sakkizinchi, 50,3 milliard dollar). Bulardan tashqari, avtomobil brendlari Toyota (beshinchi) va Mercedes (to‘qqizinchi), hamda General Electric (10-o‘rin) kiritilgan.

Savdo belgilari orasida eng tez o‘suvchi brend sifatida Facebook (48 foiz o‘sish, 32,6 milliard) e'tirof etilgan. U ro‘yxatning 15-o‘rniga joylashtirilgan. 

2015 yilda dunyoning yetakchi 100ta brendlarining umumiy qiymati 2014 yilga nisbatan 4,7 foizga o‘sib, 1,796 trillion dollarni tashkil etgan.

Savdo belgilarining narxini hisoblashda kompaniyalarning moliyaviy natijalari,  iste'molchilarning xarid qilish va daromad ko‘rishiga ta'siri e'tiborga olingan. 
 

Mavzuga oid