Reuters agentligining xabar berişiça, “Bulutli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantiriş töğrisida”gi qonun loyihasi 4 iyun kuni Yevropa parlamentiga taqdim etilişi kutilmoqda.

Hujjat Yevropa Ittifoqining bulutli texnologiyalar sohasidagi mustaqilligini kuçaytirişga qaratilgan. Loyihaga köra, xizmat körsatuvçi kompaniyalarga qöşimça talablar joriy etiladi. Asosiy mezonlardan biri sifatida uçinçi davlatlarning provayderlar ma’lumotlari va xizmatlari ustidan nazorat darajasi baholanadi.

Şuningdek, Yevropa Komissiyasi strategik sohalarda Yevropa Ittifoqida işlab çiqilgan dasturiy va apparat ta’minotlardan foydalanişni majburiy qilişni taklif etmoqda. Bu esa Amazon, Microsoft va Google kabi yirik amerikalik bulutli xizmatlar provayderlarining davlat tenderlarida iştirok etişini qiyinlaştirişi mumkin.

Qonun loyihasida data-markazlar qurilişini muvofiqlaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş ham közda tutilgan. Biroq hujjatning amaldagi tahriri Yevropa Ittifoqi davlatlari va Yevropa parlamenti tomonidan qöllab-quvvatlanişi hozirça noma’lum.

Taşabbusning paydo bölişiga AQŞning Cloud Act qonuni sabab bölgan. Uşbu qonun Amerika hukumat organlariga AQŞ kompaniyalaridan foydalanuvçilar ma’lumotlarini talab qiliş huquqini beradi, hatto ma’lumotlar serverlari boşqa davlat hududida joylaşgan bölsa ham.

Sönggi yillarda Yevropa Ittifoqi AQŞ texnologiya sektoriga qaramlikni kamaytiriş böyiça bir qator çoralarni amalga oşirdi. Xususan, Digital Markets Act (DMA) va Digital Services Act (DSA) qonunlari qabul qilingan.

Bundan taşqari, Yevropa Komissiyasi Amazon, Microsoft va Google kompaniyalariga nisbatan bir neça bor monopoliyaga qarşi tergovlar ötkazgan. Nemisning Handelsblatt naşri ma’lumotiga köra, Google kompaniyasi qidiruv natijalarida öz servislariga ustunlik bergani uçun yuzlab million yevro miqdorida jarimaga tortilişi mumkin.