Jahon | 07:23 / 06.10.2016
6858
1 daqiqa o‘qiladi

Karib havzasi davlatlarida "Metyu" to‘foni oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

Karib havzasi davlatlarida "Metyu" to‘foni oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, 19 kishi Gaitida, 4 kishi Dominikan Respublikasida va yana bir kishidan Kolumbiya hamda Sent-Visente va Grenadinlarda halok bo‘lgan. 

To‘fon ayni vaqtda Bagam orollari tomon yo‘nalmoqda hamda AQShning bir nechta shtatlari, jumladan Florida, Jorjiya, Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlariga xavf solmoqda. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid