Fan-texnika | 18:37 / 07.10.2016
6728
1 daqiqa o‘qiladi

“Odnoklassniki”da foydalanuvchilardan to‘lov uchun hisob taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ldi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida pul o‘tkazmalari xizmati orqali foydalanuvchilar nomidan to‘lov uchun hisob qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Kelajakda ushbu xizmat guruhlar uchun ham ish olib borishi nazarda tutilgan.

Ushbu yangi sozlanma orqali foydalanuvchilar nafaqat pul mablag‘larini o‘tkazishlari, balki to‘lov uchun hisoblarni ham taqdim eta olishlari mumkin. Bu esa mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni tezlashtirish hamda boshqa foydalanuvchilar bilan xarajatlarni bo‘lishish imkoniyatini beradi.

Ijtimoiy tarmoq pul o‘tkazmalari xizmatini 2016 yilning fevral oyida ishga tushirgan edi. Shu yilning avgust oyida esa xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati ishga tushirildi. Oxirgi oylarda pul o‘tkazmalarining o‘rtacha cheki miqdori o‘sdi va bugun u 7 ming rublni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid